Shavkat Mirziyoyev «Global Janub ovozi» sammitida qatnashadi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12 yanvar kuni «Global Janub ovozi» sammitining yalpi majlisida ishtirok etadi.
Hindistonning «Katta yigirmatalik»dagi raisligi doirasida onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirda Bangladesh, Vetnam, Kambodja, Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlaridan iborat jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari qatnashadi.
Sammitning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarning manfaatlarini ilgari surish va dolzarb muammolarini hal etish yo‘lida, shu jumladan iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, inson resurslarini rivojlantirish, innovatsiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashish va aniq takliflarni ishlab chiqishdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter