Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Isfahon viloyatida yuz bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy va Eron xalqiga, marhumlarning oila-a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 18-fevral kuni Tehrondan Yasuj shahriga uchayotgan vaqtda Eronning «ATR 72-600» rusumli samolyoti mamlakatning markaziy qismida, Isfahon viloyatining tog‘li hududidagi Semirom aholi punkti yaqinida qulab tushgan va samolyotdagi barcha odam halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring