Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning qator hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va katta talafotlar yetkazilgani munosabati bilan Prezident Ibrohim Raisiyga hamdardlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga taskin-tasalli so‘zlarini yetkazishni so‘radi, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

«Tasnim» axborot agentligi xabariga ko‘ra, kuchli yomg‘irlar va suv toshqinlaridan Eronning 20 ta viloyati jabr ko‘rgan, 111 ta shahar va 310 ta qishloqqa zarar yetgan. Mamlakat hukumati qurbonlar soni 69 nafarga, bedarak yo‘qolganlar soni 45 nafarga yetgani haqida bayonot bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring