Shavkat Mirziyoyev dabdabali to‘ylar mavzusiga yana to‘xtaldi (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumani faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida dabdabali to‘ylar mavzusiga to‘xtaldi. Bu haqda «UZ24» sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari «dabdabali to‘ylar uchun javobgar»ni topgandan keyingina, to‘ylarni tartibga solish bo‘yicha qaror qabul qilinishini bildirgan.
Davlat rahbari Olmazor tumanini Toshkent shahrida ixcham to‘ylar o‘tkazish bo‘yicha namunali tuman qilish borasida taklif bildirib, bu borada tegishli topshiriqlar berdi.
— Senat qaror qabul qilayotganda to‘yni qanday ixcham o‘tkazishni shu tuman misolida ko‘rsatadi. Mahalla raisi chiqib, chiroyli tabrik va duoni qilib o‘tkazadi. Xavf-xatar bo‘lmaydi u yerda. 505 ta mahallada bittadan namunaviy to‘y bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter