Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev BAA Qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev BAA Qurolli kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari bilan muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

11-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Abu-Dabi valiahdini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, do‘st Amirliklar xalqiga farovonlik, muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.

Muloqot chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratildi.

Energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, moliya, infratuzilma yo‘nalishlarida yirik qo‘shma loyihalarni, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi qator muhim dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish muhim ekan ta’kidlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring