Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10-oktyabr kuni Ashxobodga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oliy martabali mehmonni Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari Esenmurat Orazgeldiyev kutib oldi.
MDH sammitining asosiy tadbirlari 11 oktyabrga mo‘ljallangan. Sammit doirasida Prezidentimizning qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter