Shavkat Mirziyoyev Japarov va Erdo‘g‘on bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘smoq, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Tadbirlarga boy madaniy-gumanitar hamkorlik dasturi ro‘yobga chiqarilmoqda.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.
Davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mintaqasidagi yirik infratuzilma loyihalarini tez fursatda boshlash masalalariga alohida to‘xtaldilar.
Shuningdek, 8-noyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni, sayyohlar oqimi ortib bormoqda.
Mamlakatimizda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Yil boshidan 500 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalar jalb qilindi, 200 dan ziyod yangi korxonalar tashkil etildi.
Savdo, sanoat, innovatsiyalar, energetika, transport, ta’lim, madaniyat, turizm va boshqa sohalardagi qo‘shma loyiha va dasturlarni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter