Saylovoldi tashviqotlar qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
17-sentyabrda Markaziy saylov kommisiyasi matbuot markazida ma’sullar va OAV vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi rais o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov olib bordi.
Majlis kun tartibidan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish;
- Mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari joy oldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti Saylov kodeksining 44-moddasiga muvofiq, saylovoldi tashviqoti nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan e’tiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar ko‘rsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablag‘lari to‘lash bilan qo‘shib olib borish taqiqlanadi. Noto‘g‘ri axborotni, shuningdek nomzodlarning sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlarni tarqatish mumkin emas.
Majlisda Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi qarori bilan Prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti 2021-yil 20-sentyabrdan boshlanishi qayd etib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter