Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika bo‘ylab «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» milliy aksiyasi o‘tkaziladi

Respublika bo‘ylab «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» milliy aksiyasi o‘tkaziladi

«Yuksalish» umummilliy harakati Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun o‘tkaziladigan saylovlarda fuqarolarni faol ishtirok etishga chorlash maqsadida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» milliy aksiyasini o‘tkazish tashabbusini bildirdi.

14 dekabr kuni soat 14:00dan boshlab bir vaqtning o‘zida respublika bo‘ylab markaziy maydon va xiyobonlarda ommaviy tadbirlarga start beriladi. Unda saylovga tayyorgarlik jarayonlari hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi, shuningdek, san’atkorlar, sportchilar bilan uchrashuvlar, musiqiy dasturlar va turli viktorinalar o‘tkaziladi. Saylovlar haqida barcha ma’lumotlar sodda va tushunarli tilda aholiga yetkazilmoqda, deb xabar bermoqda «Yuksalish» umummilliy harakati axborot xizmati.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar 50 mingga yaqin siyosiy partiyalarning va 10 mingdan ortiq fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining kuzatuvchilari, 80 mingga yaqin nomzodlarning ishonchli vakillari, 777 nafar mahalliy OAVlar vakillari ro‘yxatga olingan.

YeXHT DIIHB, YeXHT PA, ShHT va MDH kabi 4 ta xalqaro tashkilotlarning missiyalari saylovlarni bevosita kuzatib boradi. Bundan tashqari, 54 ta xorijiy davlatdan 350 nafar kuzatuvchilarning tashrifi kutilmoqda.

«Kuzatuvchilarning, ayniqsa turli davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilarning ushbu jarayonlardagi ishtiroki saylovlarni barcha xalqaro talablarga mos o‘tishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, jahon hamjamiyatini O‘zbekistonda ovoz berish jarayonlarini ochiq va shaffof o‘tayotgani, fuqarolarning saylash va saylanish huquqidan birdek teng foydalanish uchun imkoniyat yaratilgani haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot olish va namoyish etish uchun qulay shariotdir. Buning yana bir isboti — respublikamizning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxona va konsullik idoralarida tuzilgan»,-deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring