Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Qozog‘iston Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi

Foto: «RIA Novosti»

Qozog‘istonning BMTdagi doimiy vakili Qayrat Umarov respublika nomidan Yadroviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib «RIA Novosti» ma’lum qildi.

Matbuot xizmati ta’kidlaganidek, «Qozog‘iston yadroviy qurolsizlanish tarixidagi yuridik jihatdan majburiy hujjat bo‘lgan dastlabki shartnoma matnini ishlab chiqish va qabul qilishda faol ishtirok etdi».

Vazirlikning aniqlik kiritishicha, ommaviy qirg‘in qurollari orasida faqatgina yadro quroliga yuridik maqomga ega taqiq kiritilmagan edi. Kimyoviy va biologik qurollarga esa rasmiy taqiq mavjud.

Bugungi kungacha mazkur hujjatni 56 mamlakat imzolagan bo‘lsa, shundan 5 tasi ratifikatsiya qilishga ham ulgurgan. Qozog‘iston esa mazkur hujjatni imzolagan 57-davlat bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring