Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Samarqandga yetib keldi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Samarqandga yetib keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

14-sentyabr kuni, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashida ishtirok etish uchun, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

So‘ng oliy martabali mehmon Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Bugun Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring