Qatar bilan iqtisodiy bitimlar imzolandi
«Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident qarorlari (PQ–287-son, PQ–288-son, 28.08.2023 y.) qabul qilindi.
Qarorlar bilan O‘zbekiston hamda Qatar Davlati Hukumatlari o‘rtasida quyidagi bitimlar tasdiqlandi:
- investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi;
- daromad soliqlari bo‘yicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi.
Mazkur bitimlar 2023 yil 6 iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Shunga ko‘ra, tegishlicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter