Qashqadaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi
Qarshi shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil noyabr oyidan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Murotjon Azimov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, M.Azimov Qashqadaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, Murotjon Azimov o‘tgan yili noyabrda Zoyir Mirzayev o‘rniga hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter