Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo hokimi deputat bo‘ldi

Qashqadaryo hokimi deputat bo‘ldi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

2022-yil 15-may kuni bo‘lib o‘tgan saylovda 53-Qutchi saylov okrugidan nomzod Azimov Murod Berdialiyevich Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputat etib saylandi.

Bu haqida Qashqadaryo viloyat saylov komissiyasining joriy yil 16-may kuni qabul qilingan «Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashiga deputatlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qarorida ma’lum qilindi.

Qashqadaryoning amaldagi hokimi O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi a’zosi sanaladi. 

Eslatib o‘tamiz, Murod Azimov shu yilning aprel oyida Qashqadaryoga hokim sifatida tasdiqlangandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring