Prezidentlar uchrashuvini yoritish uchun matbuot markazi ish olib bormoqda (foto)

Xabar berganimizdek, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan tashkil qilingan matbuot markazi o‘z ishini boshladi.
Uning ishtirokchilari — tele va radiojurnalistlar, bosma va internet OAV vakillari hamda blogerlar to‘g‘ridan to‘g‘ri translyasiyalarni kuzatib, voqealarni yoritib bormoqda.
Matbuot markaziga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ctratetik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlari — Sanjar Valiyev va Aziz Karimov taklif etilgan.






Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter