Prezidentlar Poyi Kalon majmuasini ziyorat qilishdi

Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl hosil qilgan. Ularning me’moriy yechimi ajdodlarimiz madaniyati va san’atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.
Prezidentlar Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. Mamlakatimizdagi eng qadimiy va yirik jome’ masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi.
Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Sayilgoh ko‘chasi, Toqi zargaron majmuasida namoyish etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik an’analarini aks ettirdi. Folklor jamoalarning chiqishlari mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tarixiy va me’moriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter