Prezident Xitoy rahbariga ta’ziya yo‘lladi
Xitoyning Gansu va Sinxay muzofotlarida zilzila oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi, deyiladi davlat rahbarining matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq Xitoy shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lganidi, yana 220 kishi jarohat olgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter