Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga Jizzaxga boradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezidentning matbuot kotibi Komil Allamjonov «Feysbuk»dagi sahifasida ma’lum qilgan.
«Prezident Shavkat Mirziyoyev ertaga, 30-mart kuni Jizzaxga boradi. Viloyatning bugungi hayoti, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishish, faollar bilan yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan», — deb yozadi Allamjonov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter