Prezident innovatsion rivojlantirish strategiyasini Abdulla Aripovga ishonib topshirdi
Shavkat Mirziyoyev bugun, 21-sentabr kuni «2019-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonni imzolagandi.
Unga ko‘ra, 2019-2021-yillarda O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha komissiya tuzildi. Unga Bosh vazir Abdulla Aripov mas’ul etib belgilandi.
Komissiya strategiyani amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda kiritadi. Ushbu farmon ijrosining borishi to‘g‘risidagi batafsil axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter