Prezident ikkita davlatga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nepal poytaxti Katmandu shahrida Bangladesh aviakompaniyasiga tegishli samolyotning halokatga uchragani munosabati bilan Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamidga maktub yo‘llab, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
Shuningdek, ushbu halokat tufayli Nepal Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Bidxya Devi Bxandariga ham chuqur ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 12-mart kuni Katmandu osmonida aviahalokat ro‘y bergan bo‘lib, 46 yo‘lovchi halok bo‘lgan, 25 nafari qutqarib olingan va shifoxonaga yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter