Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbari «Sovbez»ga o‘tdi – OAV

Prezident davlat xavfsizlik xizmati rahbari «Sovbez»ga o‘tdi – OAV

Foto: Gazeta.uz

O‘zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Hamidovich Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz» hukumatdagi manbasiga tayanib.

Bahodir Toshmatov shu yilning martidan prezident davlat xavfsizlik xizmatini boshqarib kelayotgan edi, u 2017−2020-yillarda Milliy gvardiya qo‘mondoni bo‘lib ishlagan.

Bahodir Toshmatov (1964-yilda tug‘ilgan) Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi, Rossiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini, shuningdek, Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Harbiy fanlar falsafa doktori, dotsent.

U Turkiston harbiy okrugi qo‘shinlarida qo‘mondonlik shtabining turli lavozimlarida xizmat qilgan. 1992−1999-yillarda Mudofaa vazirligining rahbar lavozimlarida ishlagan, 1999−2008-yillarda Mudofaa vazirligining harbiy okruglari qo‘shinlariga qo‘mondonlik qilgan.

2008−2011-yillarda u mudofaa vaziri o‘rinbosari va birinchi o‘rinbosari, so‘ngra 2011−2013-yillarda — O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi bo‘lib ishlagan. 2013-yildan 2017-yilgacha Milliy gvardiya qo‘mondoni etib tayinlanishidan oldin u mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashini Viktor Maxmudov boshqarib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring