Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo bo‘yicha muhim hujjatni qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo bo‘yicha muhim hujjatni qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi.

Bu 2023-yil oktyabr oyida Isroil va HAMAS o‘rtasida janglar boshlangan, G‘azodagi ayovsiz urushdan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ma’qullangan birinchi shunday chaqiriqdir.

Ilgari AQSh Xavfsizlik kengashining rezolyusiyalariga qarshi chiqqan bo‘lsa, bu safar Vashington vakili ovoz berishda betaraf qoldi.

O‘tgan hafta Rossiya va Xitoy ham AQSh taklif qilgan G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha rezolyusiyani bloklagan. Unda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish talabi HAMAS tomonidan garovga olingan isroilliklarning ozod etilishi bilan bog‘langan.

Dushanba kuni qabul qilingan rezolyusiya BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari tomonidan taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avval ham BMT Bosh assambleyasi G‘azodagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyusiya qabul qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring