Prezident Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi
![Prezident Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/1/720_460_95_1180072803.jpg)
Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati bilan Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi hamkorligida qurilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati tomonidan jahon bozorida xaridorgir kimyo mahsulotlari ishlab chiqaradigan uchta zavod qurilishi bilan tanishishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter