Parlament saylovlari tizimi o‘zgarishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O‘zbekiston milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.
Hujjat loyihasi bilan, maqomi, moddiy-maishiy, transport va tibbiy ta’minot shart-sharoitlariga ko‘ra: Markaziy saylov komissiyasi raisi – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeriga, Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari –Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosariga tenglashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, parlamentda o‘z fraksiyasiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etish uchun saylovchilarning qo‘llab-quvvatlovchi imzolarini to‘plashi shart emasligi haqidagi qoida o‘rnatilishi mumkin.
Shuningdek, parlament saylovlarida majoritar tizimdan aralash (majoritar proporsional) tizimiga o‘tish masalasi ham o‘rganib chiqiladi.
Shu bilan birga, BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikdagi «2020-2021 yillarda O‘zbekiston saylov jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Farmon loyihasi muhokamasi joriy yilning 6 iyuniga qadar davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter