Ozodbek Nazarbekov partiya a’zosi bo‘ldi
Bugun, 21-sentyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti, Madaniyat vaziri o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov «Milliy tiklanish» partiyasi a’zosi bo‘lgan.
«Ular milliy tiklanish g‘oyasi tarafdori ekanliklarini bildirib, saylov kampaniyasida faol ishtirok etishlarini ta’kidladilar», deyiladi partiya xabarida.
Shuningdek, jurnalist-suxandon Arevat Grigoryan ham partiya a’zosiga aylangan.
Eslatib o‘tish kerak, 20-sentyabrdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlar uchun kampaniyalarga start berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter