O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Maskatga jo‘nab ketdi
Bugun, 22-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Anvar Abduhalimov Toshkent shahridan Maskat shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Anvar Abduhalimov bunga qadar TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter