O‘zbekistonning Tojikistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Shu yilning 9 fevral kuni Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojidin Aslov o‘z missiyasini yakunlayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Tojikistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shoqosim Shoislomovni qabul qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari va o‘zaro manfaatli boshqa masalalarni muhokama qilgan.
Tojikiston tashqi ishlar vaziri Shoqosim Shoislomovga uzoq yillik professional faoliyati va Tojikiston-O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlashda qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter