Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning bir partiyasi ikkinchisidan kechirim so‘radi

O‘zbekistonning bir partiyasi ikkinchisidan kechirim so‘radi

31 iyul kuni «O‘zbekiston» telekanali orqali jonli efirga uzatilgan «Munosabat» ko‘rsatuvida Toshkent shahar Nuroniy jamg‘armasi raisi, O‘zXDPdan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Rustam Kalonovning liberal g‘oyalar to‘g‘risida bildirgan shaxsiy fikr va xulosalari turlicha talqinlarni keltirib chiqardi hamda ko‘pchilikning e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Shu munosabat bilan Xalq demokratik partiyasi rasman uzr so‘radi.

«O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi ushbu holat uchun keng jamoatchilik, xususan, O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi tashkilotlari xodimlari, deputatlari hamda ko‘p ming sonli a’zolaridan uzr so‘raydi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasining mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida olib borayotgan izchil faoliyatiga hurmat bilan qaraydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi siyosiy raqobatda siyosiy madaniyat va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishini ma’lum qiladi. O‘z tizimidagi barcha xodimlari va deputatlarni ham shunga amal qilishga chaqiradi», — deyiladi bayonotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring