O‘zbekistonda referendum o‘tkaziladi
Shavkat Mirziyoyev konstitutsiyaviy islohotlarni umumxalq referendumi o‘tkazish orqali amalga oshirishni taklif qilgan.
«Albatta, xalqimizdan Komissiyaga kelib tushgan barcha muhim va dolzarb takliflarni bugun Sizlar bilan batafsil muhokama qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Men ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tdim, xolos. Komissiya taklifi asosida Parlament tomonidan ishlab chiqilgan loyihani umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etaman», degan davlat rahbari.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish vakolatiga ega. Lekin prezident konstitutsiyaviy islohot fuqarolar fikri va qo‘llab-quvvatlashi asosida referendum orqali amalga oshirilsa, haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishini aytgan.
«Bu «Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir» degan tamoyilga to‘la mos keladi. Shunda har bir vatandoshimiz «Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam» deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi», degan prezident.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter