O‘zbekiston va Turkmanistonga aloqador xalqaro anjuman tashkil etiladi
12-iyul kuni Markaziy Osiyo xalqaro institutida «O‘zbekiston va Turkmaniston. O‘zaro hamkorlikning yangi tarixiy bosqichida rivojlanish istiqbollari» mavzusida xalqaro anjuman tashkil etiladi.
Anjumanda O‘zbekiston va Turkmaniston davlat va tahliliy tuzilmalari – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tahlil va prognozlashtirish markazi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi, Respublika turkman milliy-madaniyat markazi, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro aloqalar instituti, Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Strategik tadqiqotlar ilmiy markazi, Turkmaniston Xalqaro gumanitar fanlar universiteti, Turkmaniston Fanlar akademiyasi huzuridagi Maxtumquli nomidagi til, adabiyot va milliy qo‘lyozma instituti rahbarlari va yetakchi ekspertlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu tadbir O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligining bugungi holati va hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini, mintaqaviy muloqotni mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha ochiq fikr almashish uchun samarali maydonga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter