Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘lchilari kelishib olishdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston temiryo‘lchilari kelishib olishdi

8-10-fevral kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afg‘on delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv natijasida Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi va «Sogdiana trans» ShK o‘rtasida «Hayraton – Mozori-Sharif» temir yo‘lini ekspluatasiya qilishni kelgusida davom ettirish bo‘yicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.

Shu bilan birga, Afg‘oniston tomoniga yo‘naltirilgan vagonlarni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning «Sogdiana trans» ShK tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10 fevralidan qayta tiklandi.

Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

Avvalroq Afg‘oniston tomoni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJni kelishilgan shartnomalarni bajarmayotganlikda ayblab chiqqan, o‘z navbatida «O‘zbekiston temir yo‘llari» Tolibon hukumati temiryo‘lchilarining ushbu iddaolariga javoban ayrim izohlarni bergandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 1-fevral kuni O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira  olmayotgani sababli temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring