O‘zbekiston-Tojikiston vakillari chegara masalasida uchrashuv o‘tkazdi
23-30-yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Tojikiston davlat chegarasining loyiha demarkatsiya chizig‘idan o‘tkazish masalalari, shuningdek demarkatsiya xaritalarini yaratishning texnologik jarayoni muhokama qilindi.
Muzokaralar doirasida O‘zbekiston-Tojikiston va davlat chegaralarining alohida uchastkalarida dala o‘rganish ham o‘tkazildi.
Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.
Navbatdagi uchrashuv O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter