Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston TIV Ozarbayjon-Armaniston voqealariga munosabat bildirdi

O‘zbekiston TIV Ozarbayjon-Armaniston voqealariga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik qiluvchi mamlakat sifatida Ozarbayjon-Armaniston chegarasida tinchlikka erishilgani va keskinlik bartaraf etilganini olqishlaydi, deyiladi TIV bayonotida.

«O‘zbekistonning ishonchi komilki, barcha masalalar va mavjud muammolarni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘li bu xalqaro huquq asosida va ilgari erishilgan kelishuvlar doirasida tinchlik muzokaralari va maslahatlashuvlar yo‘lidir.

Biz tinchlik shartlariga qat’iy rioya qilinishi, har qanday sharoitda ham vazminlikning namoyon bo‘lishiga umid qilamiz hamda tomonlarni mavjud ahvolni barqarorlashtirish, vaziyatdan chiqish uchun siyosiy va diplomatik muzokaralar olib borishga da’vat etamiz», qayd etiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13 sentyabrga o‘tar kechasi Armaniston va Ozarbayjon chegarasida qurolli mojaro yuz berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring