Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi

Foto: «Sputnik»

2018-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qirg‘izistonning Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov, Tojikistonning Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy, Turkmanistonning Favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyev va Qozog‘istonning Muvaqqat ishlar vakili Mursal-Nabi Tuyakbayevni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda Abdulaziz Komilov Markaziy Osiyo davlatlarining Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil sentyabrda Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi va noyabrda Samarqand shahrida o‘tkazilgan xalqaro konferensiya minbarlaridan ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlarining ko‘p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston takliflari bilan tanishtirgani ma’lum qilingan.

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati O‘zbekiston tomonining takliflari aynan nimalardan iborat bo‘lgani va bunga Markaziy Osiyo davlatlarining respublikadagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qanday munosabat bildirganiga aniqlik kiritilmagan. Faqatgina xabar so‘ngida tomonlar mintaqa kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashgani aytib o‘tilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring