Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston parlamenti tarixida ilk bor «hukumat soati» tashkil etildi

O‘zbekiston parlamenti tarixida ilk bor «hukumat soati» tashkil etildi

Foto: Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot xizmati

Bugun, 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida»gi va «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq «hukumat soati» o‘tkazildi. Bu haqda quyi palata rasmiy saytida xabar berilgan.

Xabarda aytilishicha, deputatlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ahvoli yuzasidan olib borgan o‘rganishlari hamda odamlar kelayotgan murojaatlardan kelib chiqib, siyosiy partiyalarning quyi palatadagi fraksiyalari takliflariga ko‘ra «hukumat soati»ga «Respublika aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishida hamda ichimlik suvini tejamkorlik bilan ishlatishda olib borilayotgan ishlar», shuningdek, «Aholini va tibbiyot muassasalarini arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, ayniqsa, joylarda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish holatlari» to‘g‘risidagi masalalar kiritildi.

Ushbu masalalar yuzasidan deputatlarga axborot va ularning savollariga atroflicha javob berishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari mutasaddi rahbarlari taklif etildi.

Tadbir davomida hukumat vakillari deputatlar tomonidan qo‘yilgan masalalar yuzasidan ma’lumot berib, ularning qo‘shimcha ravishda bergan savollariga batafsil javob qaytardilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring