Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Kobuldagi teraktlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston Kobuldagi teraktlarga munosabat bildirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi kechadan beri Kobulda sodir bo‘layotgan teraktlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«O‘zbekiston Kobul shahrida sodir etilgan va ko‘plab insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik xurujlarni qat’iyan qoralaydi.

Afg‘onistondagi barcha tomonlarni milliy yarashuv va kelishuvga erishish, ko‘p millatli Afg‘oniston xalqi manfaatlari yo‘lida mamlakatda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida bosiqlik va konstruktiv yondoshuv namoyon etishga chorlaymiz.

Ushbu shafqatsiz hujumlarda qurbon bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oilalariga samimiy hamdardlik izhor etamiz.

O‘zbekiston bundan keyin ham afg‘onlararo siyosiy jarayonni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, Afg‘onistonda tinchlik-osoyishtalik va farovonlikka erishishda keng ko‘lamli yordam ko‘rsatishda davom etadi», deyiladi TIV bayonotida.

Kobulda kecha 4 ta, bugun esa 5 ta portlash sodir bo‘lgan. Ularning barchasini IShID o‘z bo‘yniga olgan va teraktlar hali davom etishi mumkinligi qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring