Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikka munosabat bildirdi

O‘zbekiston Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikka munosabat bildirdi

O‘zbekiston TIV Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskin vaziyatga munosabat bildirdi

O‘zbekiston tomoni Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashib borayotgan holatning rivojlanishini xavotir bilan kuzatmoqda. 

"Ikkala tomonni vazminlik ko‘rsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishini oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz. 

O‘zbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor", deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 7 may kechasi Hindiston Pokistonga zarbalar berdi. Natijada o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring