O‘zbekiston elchixonasi Qozog‘iston TIVga nota yubordi
Ommaviy axborot vositalarida Qozog‘iston inson huquqlari bo‘yicha ombudsmani Elvira Azimovaga tayanib, mamlakatda joriy yilning yanvar oyida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng 18 nafar xorijlik, jumladan, 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsda qolayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Ushbu xabarga oydinlik kiritish uchun O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi elchixonasi Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga hibsga olingan O‘zbekiston fuqarolari, ular saqlanayotgan joylar, javobgarlikka tortilish sabablari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot berish hamda O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari xodimlari uchun konsullik uchrashuvini tashkil etishni so‘rab tegishli nota yubordi.
Elchixona, shuningdek, Olmaota va Aqtau shaharlaridagi Bosh konsulxonalari Qozog‘iston huquq-tartibot idoralarining joylardagi vakillari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi, deyiladi O‘zbekiston TIV xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter