O‘zbekiston elchisi Filippin prezidenti bilan uchrashdi
24-iyul kuni O‘zbekistonning Filippindagi elchisi Baxtiyor Saidov (qarorgohi Pekinda) Filippin prezidenti Rodrigo Dutertega ishonch yorliqlarini topshirgan.
Suhbatda R.Duterte O‘zbekiston prezidenti mamlakatda amalga oshirayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho bergan.
«Filippin yetakchisi mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning turli jabhalarida umumiy manfaatdorlik ko‘pligini ta’kidladi. Shu o‘rinda siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy hamkorlik, ekstremizm, terrorizm va giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash singari yo‘nalishlar alohida qayd etildi», deyiladi «Dunyo» agentligi xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter