O‘zbekiston elchisi Avstriya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
30-sentyabr kuni Vena shahrida O‘zbekistonning favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda, shuningdek, mezbon mamlakat tomonidan Avstriya prezidentining tashqi siyosat va harbiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari, Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibi va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
A. Fayzullayev 2020-yilning 19-avgustida ishonch yorliqlari nusxalarini Avstriya tashqi ishlar vazirligiga topshirgan edi. Diplomatik protokolga ko‘ra, u «Xofburg»da Avstriya Prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlari asl nusxalarini topshirgan paytdan boshlab, O‘zbekiston elchisi sifatida o‘z vazifasiga to‘liq kirishgan hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter