Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi

Ortiqxo‘jayevning deputatlik vakolati muddatidan oldin tugatildi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning shahar kengashi deputatligi vakolati muddatidan oldin to‘xtatildi. Tegishli qaror 27-yanvar kuni shahar kengashi tomonidan qabul qilingan.

Bu jumladan, yig‘ilishda qatnashgan deputatlardan biri Gazeta.uz nashriga ma’lum qilgan. Sobiq hokimning o‘zi deputatlik vakolatlarini topshirish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan.

Jahongir Ortiqxo‘jayev 2020-yil yanvar oyida 48-saylov okrugidan O‘zLiDeP partiyasidan dastlab Kengash deputati, so‘ngra besh yillik muddatga senator etib saylangandi.

Eslatib o‘tamiz, anomal sovuq oqibatida poytaxtda yuzaga kelgan muammolar ortidan prezident Shavkat Mirziyoyev Ortiqxo‘jayevni ishdan olgandi. Keyinroq u Istanbulga uchish oldidan aeroportda to‘xtatib qolingani aytildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring