Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgardi

Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgardi

24-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Norvegiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) etib tayinlangan Jon Mikal Kvistadni qabul qildi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, vazir elchini yuqori mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Norvegiya munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring