Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Turkiyaning ikki yirik kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Mirziyoyev Turkiyaning ikki yirik kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 iyun kuni Turkiyaning «Cengiz Holding» kompaniyasi raisi Mehmet Jengiz va «Kalyon Holding» kompaniyasi raisi Jemal Kalyonju boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentimizning yaqinda Anqaraga tashrifi davomida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Turkiya Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishining yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Erishilgan kelishuvlar ijrosini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Kompaniyalar tomonidan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari muhokama qilindi.

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va qurish, «yashil» energetika quvvatlarini barpo etish, qo‘shma geologik tadqiqotlar o‘tkazish va istiqbolli konlarni o‘zlashtirish loyihalari shular jumlasidan.

Ta’kidlash joizki, «Cengiz Holding» ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi. Bundan tashqari, Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo‘lgan yana bir elektr stansiya qurilishi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring