Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Migel Dias-Kanel Kubaning yangi rahbari etib saylandi

Migel Dias-Kanel Kubaning yangi rahbari etib saylandi

Foto:«Reuters»

Bugun, 19-aprel kuni Kuba parlamentining milliy majlisida Migel Dias-Kanel mamlakatning yangi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.

Shu vaqtgacha Dias-Kanel Davlat kengashi raisining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan edi. Avvalroq 18-19 aprel kunlari uning nomzodiga ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tishi haqda ma’lum qilgan edik. Dias-Kanel 604 ovozdan 603 tasiga, ya’ni 99,83 foiz ovozga ega bo‘ldi. Uning o‘rinbosari etib Salvador Valdes Mesa tayinlandi.

Undan tashqari yana besh nafar o‘rinbosar saylandi. Ular: Rimiro Valdes Menendes, Roberto Tomas Morales Oxeda, Gladis Mariya Bexerano Portela, Ines Mariya Chapman va Beatris Jonson Urrutiyalar. Davlat kengashiga kotib sifatida Omera Akosta tanlandi.

Mamlakatning sobiq rahbari Raul Kastro Kubani 2008-yildan buyon boshqarib kelgan. U o‘z lavozimini aprel oyida tark etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring