Melanya Tramp AQShda O‘zbekiston birinchi xonimiga hamrohlik qila olmasligi mumkin
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 16-17-may kunlari AQShga rasmiy tashrif bilan uchib ketgani haqida xabar bergan edik.
Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda O‘zbekiston birinchi xonimiga AQSh Prezidentining rafiqasi Melanya Tramp hamrohlik qila olmaydi.
Melanya Tramp buyragidagi muammo tufayli shifoxonaga yotqizilgan va operatsiya qilingan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda Prezident Tramp o‘zining «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Melanya hozir o‘zini juda tetik his etmoqda, kayfiyati ham yaxshi. Tramp yaxshi tilaklar uchun barchaga minnatdorlik bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter