Marin Le Pen «Milliy front» rahbarligiga qayta saylandi
Fransiyaning «Milliy front» partiyasi yetakchisi Marin Le Pen partiya rahbarligiga qayta saylandi. Bu haqda uning saylovoldi kampaniyasining sobiq rahbari David Rashlinning ma’lumotiga asoslanib, «Aif.ru» nashri xabar berdi.
«2011-yildan beri Marin Le Pen himoya qilib kelayotgan g‘oyalar partiya a’zolari tomonidan ma’qullandi. Barcha janglar uchun Maringa rahmat, Fransiya uchun kechuvchi kurashda biz u bilan birgamiz», — deya yozgan Rashlin «Twitter»dagi mikroblogida.
«Milliy front»ning Lillda bo‘lib o‘tgan qurultoyida Marinning otasi, partiya asoschisi Jan-Mari Le Penni faxriy prezident unvonidan mahrum qilish uchun ovoz berildi.
Marin Le Pen 2011 yilda otasining o‘rniga partiya yetakchiligiga saylangandi. 1972-yilda tuzilgan «Milliy front» yevrointegratsiyaga qarshi bo‘lib, migratsiyani cheklash, konservativ qadriyatlarni himoya qilishni yoqlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter