Lavrov: «Rossiya Yevropaning kuchli bo‘lishini istaydi»
«Rossiya Yevropani kuchli va barqaror ko‘rishni istaydi, u Rossiyaning eng yirik savdo-iqtisodiy sherigidir», — dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov «Euronews»ga bergan intervyusida. Bu haqda «RIA Novosti» yozmoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha bor ta’kidlaganidek, Moskva Yevropa ittifoqida ro‘y berayotgan «chalkashlik va shov-shuvlar»ga barham berilishidan manfaatdor.
«Biz Yevropani kuchli va barqaror ko‘rishni istaymiz. So‘nggi uch yilda yuz bergan barcha salbiy voqealarga qaramasdan, u bizning eng yirik savdo-iqtisodiy hamkorimiz. Yevropa bizning eng yirik va investitsion hamkorimiz bo‘lib qoladi», — dedi Lavrov.
Lavrov shuningdek Rossiya ushbu tuzilmaning barqaror rivojlanishini istashini qo‘shimcha qildi.
Ukraina va Qrim bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiya va G‘arb mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan edi. G‘arb mamlakatlari Rossiyani Ukrainaning ichki ishiga aralashishda ayblab, unga nisbatan sanksiyalarni joriy etdi. Moskva bu ayblovlarni rad etib javob choralarini ko‘rdi.
Oxirgi vaqtlarda Yevropa ittifoqi mamlakatlarida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilish zarurligi haqidagi fikrlar tobora ko‘payib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter