Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning rasmiy xeshtegi qabul qilindi
Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning rasmiy xeshtegi qabul qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.
«Ushbu #UzAfg2018 orqali ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikrlaringiz, sharhlaringizni yozing. Maxsus monitoring guruhi izohlaringizni o‘rganib boradi. Har qanday fikr, nuqtai nazar muhim. Biz Afg‘onistonda tinchlik tarafdorimiz!»— deydi matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 26—27-mart kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzuida Afg‘oniston bo‘yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter