Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimlar Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi?

Kimlar Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi?

Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Yangi — 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ularning ayrimlarini e’lon qildi.

* * *

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin:

— Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan chin yurakdan tabriklayman. Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida o‘tib borayotgan yil O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda chinakam ma’noda muvaffaqiyatlar yili bo‘ldi. Ikki tomonlama hamkorlikni yangi sifat bosqichiga olib chiqqan bir qator muhim kelishuvlar imzolandi. Aminmanki,erilishgan natijalarga tayangan holda biz O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorligi va ittifoqchiligi yanada rivojlanishini ta’minlaymiz va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash borasidagi faol hamkorlikni davom ettiramiz.

* * *

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In
Koreya Respublikasi Prezidentining rafiqasi Kim Chjon Suk:

— O‘tib borayotgan yildagi bizning uchrashuvimizdan so‘ng o‘zaro munosabatlarimizning mustahkamlanishi ramziy ma’noga ega. O‘zaro ishonchga asoslangan xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy do‘stlik Yangi yilda yanada mustahkamlanishini tilayman. Sizga mustahkam sog‘liq va baxt-saodat tilab, Siz bilan yana uchrashishimizga umid qilib qolaman.

* * *

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon:

— Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu...

Milodiy Yangi 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga o‘zimning eng qizg‘in tabriklarim va ezgu tilaklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman.
Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, birodar xalqingizga farovonlik va taraqqiyot tilab qolaman.

* * *

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev:

— Sizni Qozog‘iston xalqi va o‘z nomimdan Yangi 2018 yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman! Sizga sihat-salomatlik va davlat xizmatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyat, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.

* * *

Turkmaniston Respublikasi Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov:

— Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Sizni kirib kelayotgan 2018-yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman. Sizga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-quvvat, kelgusidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yil Siz va sizning birodar mamlakatingiz xalqi uchun tinchlik, baxt-saodat, farovonlik yili bo‘lsin!

* * *

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov:

— 2017-yil davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda yangi sahifa ochildi va davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklikning yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.

* * *

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko:

Yangi 2018-yil kirib kelishi munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz. Aminmanki, O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi samarali hamkorlik yangi yo‘nalishlar bilan boyib, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlanib boraveradi.

* * *

Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Dmitriy Medvedev:

— Sizni Yangi 2018-yil bilan chin yurakdan tabriklayman! Birgalikdagi energetika, sanoat va infrastruktura sohalarida keng ko‘lamli loyihalarning muvaffaqiyatli rivojlanib borayotganligi alohida e’tirofga loyiq. Davlatlarimiz o‘rtasida yoshlar va ta’lim sohasidagi hamkorlik, mintaqalar, ishbilarmon va jamoatchilik doiralari aloqalari faol rivojlanmoqda. Aminmanki, bu O‘zbekiston va Rossiyaning uzoq muddatli manffatlariga to‘liq javob beradi.

* * *

ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov:

— Sizni Yangi 2018-yil bilan chin yurakdan tabriklashga ijozat bergaysiz. 2017 yilda O‘zbekistonda Sizning rahbarligingizda jamiyatni yanada jipslashtirish borasidagi strategik yo‘nalish, bu borada amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, Respublikaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada yuksak marralarga erishayotganini, O‘zbekistonning jahon sahnasidagi o‘rni va nufuzi oshib borayotganini yana bir karra tasdiqlamoqda.

* * *

Bundan tashqari, yana quyidagilar Prezidentimiz va O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, sihat-salomatlik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar izhor etilgan tabriklarini yo‘llashgan:

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi — Si Szinpin
Tojikiston Respublikasi Prezidenti — Imomali Rahmon
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti — Ilhom Aliyev
Yaponiya Bosh vaziri — Sindzo Abe
Buyuk Britaniya Bosh vaziri — Tereza Mey
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti — Frank-Valter Shtaynmayer
Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri — Angela Merkel
Ispaniya Bosh vaziri — Mariano Raxoy
Italiya Respublikasi Prezidenti — Serjio Mattarella
Slovakiya Respublikasi Prezidenti — Andrey Kiska
Sloveniya Respublikasi Prezidenti — Borut Paxor
Polsha Respublikasi Prezidenti — Andjey Duda
Norvegiya Qiroli — Xarald V
Yevropa Kengashi Raisi — Donald Tusk
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti — Muhammad Ashraf G‘ani
Eron Islom Respublikasi Prezidenti — Hasan Ruhoniy
Mo‘g‘uliston Prezidenti — Xaltmaagiyn Battulga
Isroil Davlati Bosh vaziri — Binyamin Netanyaxu
Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi — Valentina Matviyenko
Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri — Li Kesyan
Butunxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo‘mitasi raisi — Chjan Deszyan
Yangi Zelandiya General gubernatori — Petsi Reddi
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi — Muhammad bin Roshid Ol Maktum
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi — Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
NATO Bosh kotibi — Yens Stoltenberg
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori — Yevgeniy Sisoyev
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori — Joze Gratsianu da Silva
BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari — Natalya German
MDH Parlamentlararo assambleyasi kengashi Bosh kotibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi — Sergey Antufev
Aviatsiya bo‘yicha davlatlararo kengash prezidenti, Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi raisi — Tatyana Anodina
«Mir» davlatlararo teleradiokompaniyasi raisi — Radik Batirshin
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti — Shinichi Kitaoka
Xalqaro bolalar fondlari assotsiatsiyasi Prezidenti — Albert Lixanov
Kasaba uyushmalari umumiy konfederatsiyasi bosh kotibi — Vladimir Sherbakov
Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti, O‘rta Osiyo mitropolit okrugi rahbari — Vikentiy
BMTning mamlakatimizdagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakili — Helena Freyzer
Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti direktori — Viktor Matveyev
Rossiya neft-gaz sanoatchilari uyushmasi kengashining raisi — Yuriy Shafranik
«LUKOYL» neft-gaz kompaniyasi prezidenti — Vagit Alekperov
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori — Viktor Grishin
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi delegatsiyasi rahbari — Eduards Stiprays
«Siemens» konserni Prezidenti va Bosh direktori — Jo Kezer

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring