Kanada va Chexiyada O‘zbekiston konsulxonasi ochiladi
2022 - 2026 yillarda Rossiya Federatsiyasining Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozog‘istonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonalari tashkil etiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Bosh konsulxonalari (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg), AQShning Nyu-York, Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Turkiyaning Istanbul shaharlarida joylashgan Bosh konsulxonalari xodimlari sonini oshirish nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, Rossiyaning Moskva shahridagi, Polshaning Varshava shahridagi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonalar shtat jadvallariga bittadan yangi konsul shtat birligini kiritish ham belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter